Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti "Volontyorlik markazi" a'zolaridan yangi tashabbus!!!
27.12.2022, 05:330

Sanoqli kunlardan keyin "Yangi yil" kirib keladi. Bayram munosabati bilan imkoniyati cheklangan bolalarga quvonch ulashish maqsadida "Mehr harakatda" aksiyasi tashkil etildi.
Bayram kechasiga universitet ustozlari, homiylar va talaba yoshlar ham qatnashdi va bolalarni bayram bilan tabrikladi.
Bayramda 40 dan ortiq bolalarga qimmatbaho sovg'alar topshirildi, talaba yoshlar tomonidan konsert dasturlari taqdim etildi.
Asosiysi bunday loyihalar hechkim e'tiboridan chetda emasligini bildiradi.
