Yordamga tayyorman - Peshku tumani volontyorlari
04.03.2024, 13:002

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yil 3-mart kuni Peshku tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida volontyorlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ularning vazifa va funksiyalari, volontyorlik faoliyati, huquq va majburiyatlari mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
📌 O‘quv-seminarni O‘zbekiston Volontyorlar Assotsatsiyasi mentor-treneri, “Inson” volontyorlar markazi Buxoro viloyat koordinatori Abdusamad Sodiqov o‘tib berdi.
📌 Seminar qatnashchilari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Seminar qizg‘in va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.
