Toshkentda Xalqaro volontyorlar bilan uchrashuv o'tkazildi!
14.11.2022, 13:500

Bugun Toshkent shahridagi "Kitob olami"da Xalqaro volontyorlar festivali doirasida xorijiy volontyorlar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev so'zga chiqib mamlakatimizda volontyorlikni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ta'kidladi. Jumladan, "Volontyorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilishi munosabati bilan ushbu faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 61 ming nafar yoshlarni qamrab olgan 99 ta doimiy faoliyat yuritadigan volontyorlik guruhlari tashkil etilgan" deya ta'kidladi. Shundan so'ng xorojiy volontyorlar o'zlarining mamlakatlarida amalga oshirgan ishlarini taqdimoq qilishdi.
