Respublika bo‘ylab volontyorlar maktablarining salohiyatini mustahkamlashda davom etamiz.

Mentorlarni tayyorlash dasturi 2.0 ochilish marosimi qanday o'tgani haqida...
USAID dasturining O‘zbekistondagi missiya rahbari Faye Haselkorn, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i janob Farrux Yunusov, inklyuziv loyihalar bo‘yicha mutaxassis Mirsaid Muhtarov va O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi direktori Shirin Abidovalar tantanali nutq so‘zladilar.
Barcha mehmonlar o‘z nutqlarida , qo‘shimcha yordam talab qiladigan vaziyatlarda, odamlarga o‘z g‘amxo‘rligini ko‘rsatayotgan volontyorlarning faol pozitsiyasini alohida ahamiyatga egaligini ta’kidladilar.
Faye xonim, ijtimoiy faol yoshlar vakillari uchun bir qator imkoniyatlar va dasturlar haqida gapirib, mentorlar ushbu trening mentorlarga barqaror va ijtimoiy foydali loyihalarni amalga oshirishda yordam berishiga umid bildirdilar.
Janob Farrux Yunusov, O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi bilan imzolangan memorandum doirasida endilikda har bir mentor Madaniyat va Turizm vazirligi tuzilmasida maxsus mehmon bo‘lib, u yerda o‘z loyihalarini taqdim etishi va amaliy yordam olishi mumkinligi haqida aytib o‘tdilar.
Janob Mirsaid Muhtarov, volontyorlik martaba o'sishiga qanday yordam bergani haqidagi shaxsiy hikoyalari bilan volontyorlarni ilhomlantirdilar.
Birinchi kun “Mentor kim va uning vazifalari nimadan iborat?”, “Kommunikativ ko‘nikmalar va volontyorlarni jalb qilish usullari”, “Volontyorlar guruhida samarali ishlash” kabi mavzularga bag‘ishlandi.
#volontyorlarmentorlari #BizBirgamiz #SICA_YLG #volontyorlarmaktabi
