Ezgulik yo'lidagi hamkorlar safi oshmoqda
12.01.2023, 11:392

Ezgulik yo'lidagi hamkorlar safi oshmoqda
Har yili o‘tkazib kelinayotgan "Время Чудес" (“Mo‘jizalar davri”) xayriya yarmarkasi maydonida O‘zbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bu degani, volontyorlar Respublikamiz bo'ylab o'tkaziladigan madaniyat va san’at sohasidagi loyiha va tadbirlarda rasmiy tarzda reja asosida ishtirok etishlari, o‘z yordamlarini berishlari, tajriba orttirishlari va saralangan kadrlar qatorida bo'lishlariga imkoniyat yaratildi.
