"Mo'jizalar vaqti" XXI-xayriya ko'rgazmasi

O’zbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi (https://t.me/uva_uz) barchani, "ВРЕМЯ ЧУДЕС" (“Mo’jizalar vaqti”) 21-xayriya ko'rgazmasiga lutfan taklif etadi.
Ko'rgazmada taqdim etiladigan ishlar mualliflari: nogironligi bor, qiyin ijtimoiy sharoitda katta bo'layotgan, yetim qolgan bolajonlardir.
Do’stlaringiz va yaqinlaringiz bilan vaqtingizni yaxshilik va yangi yil arafasidagi mo’jizaviy muhit qurshovida o’tkazing.
Sizni bolajonlar mehri bilan tayyorlagan ishlanmalari, 10 dan ziyod mahorat darslar, ko’ngilochar dastur, hamda estrada va sport yulduzlarining maxsus chiqishlari kutmoqda.
Ko’rgazmada to’plangan mablag’lar bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ishtirokchi tashkilotlarga tasarruf etiladi.
Har biringizning tashrifingiz qadrlidir!
Dunyoni yaxshilikka to’ldiraylik, BIRGALIKDA!
⁉️Qachon⁉️
23.12.2022, Juma.
14:00 dan 19:00 gacha
⁉️Qayerda⁉️
“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi
Kirish ERKIN va bepul
⬇️Qo’shimcha savol va takliflar uchun
☎️ +99890 188 08 11
☎️ +99890 941 22 23
☎️ +99893 501 56 30
