Uchinchi kun. Mentorlik dasturi 2.0

Uchinchi kunning oʻquv blokini taklif etilgan ekspertlar – SICA mamlakat dasturlari koordinatori Farhod Atajanov va yoshlarni ijobiy rivojlantirish boʻyicha mutaxassisi Mirsaid Uzoqovlar boshlab berishdi.
Ishtirokchilar jamiyatning dolzarb muammolarini aniqlash mavzusini tizim nuqtai nazaridan ko‘rib chiqdilar, muammoning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini aniqlash, shuningdek, masalaning dolzarbligini asoslash usullarini o‘rgandilar.
O'tgan kunlarda o'z ustida ishlash va volontyorlar maktablarida faoliyat yurutish ko'nikmalarini oshirish bo'yicha ishlarni yakunlab, mentorlar dastlabki, qisqa o'quv modulini amaliy rejalashtirish, shuningdek, kichik taqdimotlar qilish imkoniga ega bo'ldilar. Mentorlarning o'sish nuqtasining keyingi bosqichi loyihalashtirish mavzusi edi. Ish jarayonida mentorlar loyiha takliflarini ishlab chiqishda nimalarga e'tibor berish kerakligi, xususan, muammoli bayon bloki va uni aniqlash usullari haqida ma'lumot oldilar.

Yakunda, albatta, do'stlik g'alaba qozondi, lekin eng muhimi, har bir ishtirokchi o'z g'oyalarini amalga oshirish yo'lida loyihaning har bir bandi qanchalik muhimligini o'zi orqali tushuna oldi.
Tashkilotchilar sifatida biz uchun, ayniqsa, volontyorlar maktablarining ba’zi mentorlarining muvaffaqiyatini qayd etish, emlashning afzalliklari haqida jamoatni bilimini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun UNICEFning O‘zbekistondagi vakillari tomonidan sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlanganini alohida ta’kidlash qimmatli va muhim bo‘ldi.
Kunning mantiqiy yakuni O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan kelgan mentorlar va Eko-volontyorlar, mamlakat bo‘ylab volontyorlar maktablari salohiyatini mustahkamlash yo‘lidagi barcha xavf-xatarlar, istiqbollar va e’tiborga molik nuqtalari haqida muhokama olib borishdi.
Yig‘ilish doirasida Ekologik volontyorlar faoliyati yakunlari sarhisob qilindi va ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.