To'rtinchi kun. Mentorlik dasturi 2.0

Treningning soʻngi kuni Oʻzbekiston volontyorlari Assotsiatsiyasi rahbarining har bir viloyat vakillari bilan individual ishiga bagʻishlangan boʻlib, unda har bir volontyorlik maktabi uchun mintaqaviy xarakterdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusi oy uchun muddatlar va vazifalar belgilab olindi.
Ishtirokchilarning yuzlarida biz tabassum ortidagi ko'z yoshlarini ko'rdik. Chunki, bu bir necha kun ichida ishtirokchilar bir oilaga aylandi va hech kim xayrlashishni xohlamadi.
Xayrli ishlarni qilayotgan har bir volontyorga va mentorlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Kimligimiz, qayerda ekanligimiz va kimga yordam berishimiz muhim emas. Eng asosiysi, biz shunchaki mavjudmiz va qo'limizdan kelganicha jamiyatga foyda keltirayotganimiz.
24-fevral, juma kuni Zoom formatida volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan hududlar xodimlari bilan birgalikda volontyorlik maktablari uchun o‘qitilgan mentorlarining birinchi onlayn uchrashuvini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Kelasi ikki hafta ichida mentorlar o'z viloyatlari uchun dolzarb bo‘lgan muammolar va ular ustida ishlashni istagan volontyorlar bilan ushbu muammolar bo'yicha takliflar ishlab chiqadilar. Keyingi bosqichda mentorlar ijtimoiy loyihalar laboratoriyasida o‘qishlarini davom ettiradilar. Bu yerda O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi trenerlar jamoasi ularga loyihalarni to‘g‘ri tuzish va grant dasturlariga tanlov arizalarini topshirish uchun zarur bo'lgan ko‘nikmalarni ulashadilar.
#volontyorlarmentorlari #BizBirgamiz #SICA_YLG #volontyorlarmaktabi
