Ezgulik yoʻlini davom etgan holda

Olmazor tuman Kengashi xalq deputatlari, O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi hamda “EZGU AMAL” jamg‘armasi hamkorligida “TASKIN" hospisida va boshqa onkologik kasalliklardan davolanayotgan bolajonlarga e'tiborni oshirish va qolgan har bir kunini mehr bilan to‘ldirish maqsadida xayriya loyihasi tashkillashtirildi.
Har biringizning hissangiz qadrli!
Loyiha 24-yanvardan 15-fevralgacha davom etadi.
Siz ham bolajonlarga mos, yaxshi ko'rgan, sizni ilhomlantiradigan kitobga tilaklar yozib, qabul qilishda belgilangan joylarga qoldirishingiz mumkin. Nima uchun aynan shu kitobni berayotganingizni yozish ham esingizdan chiqmasin.
Bu bolajonlarning davolanish jarayoni juda og'ir kechadi, shu qatori, ota-onalariga ham... lekin siz ularning tabassumiga, umidiga aynan sovgʻa qilgan kitobingiz orqali oson tarzda sababchi bo'lishingiz mumkin.
#bizBirgamiz
