Bugungi kunda mamlakatimizda volontyorlik faoliyatiga alohida e'tibor qaratilib, uning faoliyatini yanada qo’llab-quvvatlash borasidagi bir nechta qonun va qonun osti hujjatlari imzolangan.

Bugungi kunda mamlakatimizda volontyorlik faoliyatiga alohida e'tibor qaratilib, uning faoliyatini yanada qo’llab-quvvatlash borasidagi bir nechta qonun va qonun osti hujjatlari imzolangan.
Ushbu qonun hujjatlarida volontyorlarning huquqlari, ularning erkin faoliyat olib borishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Amalga oshirilayotgan qonun hujjatlari va loyihalari bois, kundan-kunga volontyor bo‘lish istagidagi yoshlarning soni ham oshib bormoqda.
📣 Joriy yilning 11-avgust kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga asosan, vazirlik va idoralardagi volontyorlik faoliyatiga mas’ul xodimlar ishtirokida Yoshlar ishlar agentligi va Volontyorlar assotsiatsiyasi tomonidan “Davlat organlarida volontyorlar bilan samarali ishni tashkil etish” mavzusidagi o‘quv seminar tashkil etildi.
O’quv seminaridan ko’zlangan asosiy maqsad, volontyorlarni davlat organlari faoliyatiga jalb etish va ularni qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, volontyorlik faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishdir.
Shuningdek, davlat boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimyat huzurida volontyorlik guruhlarini tuzish va guruhlar orqali davlat organlarining ayrim vazifa va funksiyalarini volontyorlik faoliyati ostida, tejamkor shaklda amalga oshirishdan iborat.
⚡️Mazkur o’quv seminari davomida soha mutaxassislari tomonidan “Volontyor o‘zi kim?”, “Volontyor qanday bo‘lishi kerak?”, “O‘zbekistonda volontyorlikning huquqiy asoslari” kabi mavzularda ma'lumotlar berishdi.
Shuningdek, Yoshlar portali negizida yartilgan volontyorlar hisobini yurituvchi yagona volontyor.uz platformasining taqdimoti ham bo’lib o’tdi.
volontyor.uz platformasi mamlakatimizdagi volontyorlar, volontyorlik guruhlari va tashkilotlari hisobini yurituvchi hamda ularning faoliyatini doimiy yoritib boruvchi onlayn platformadir.
🧑🏻💻 Bundan tashqari, mazkur platformada yoshlarni volontyorlikka tayyorlash bo’yicha o’quv qo’llanma va video darsliklar ham o’rin olgan.
