Sirdayoda xayrli tashabbus!
15.12.2022, 08:292

Sirdaryo viloyatining bir guruh volontyorlari bugungi kunda halol mehnati evaziga yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shayotgan, koʻchalarimiz tozaligini saqlayotgan Obodonlashtirish boshqarmasining mehnatsevar xodimlariga yordam berishdi.
Sovuqni sovuq demasdan mehnat qilayotgan hamyurtlarimizga volontyor yoshlar issiq qahvalar hamda shirinliklar ulashib, ish faoliyatlariga yordam berishdi.
