Toshkent shahar "INKLYUZIV JAMIYAT" nogironlar jamoat birlashmasi aziz opa-singillarimiz uchun TO‘QUVCHILIK to‘garaklari tashkil etmoqda
07.02.2022, 12:181

Hamkorimiz «EKOSAN» ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan.
Mart oyi uchun yangi guruhlarga qabul boshlanganini e'lon qiladi.
Kursda o‘qish BEPUL va bitiruvchlarga FAXRIY YORLIQ beriladi.
Shoshiling! Kursga Toshkent shahrida yashovchi 15 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda "Temir daftar" ro‘yhatiga kiritilgan kam ta'minlangan oilalarni olishimiz mumkin.
Arizalar 2022 yilning 27-fevralgacha qabul qilinadi!
Bizning 3 oylik "To‘quvchilik" to‘garakda nimalarni o'rganasiz?
Spitsa va kruchokda 20 dan ortiq turli xil choklar
Choklar sxemalari tushunchasi
Kiyimlarga o'lcham olish
Bolalar kiyimlarini to'qish
Mustaqil to'qiy olish
