Yordamga tayyorman - G'allaorol tumani volontyorlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yil 2-mart kuni G‘allaorol tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida volontyorlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ularning vazifa va funksiyalari, volontyorlik faoliyati, huquq va majburiyatlari mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
📌 O‘quv-seminarni O‘zbekiston Volontyorlar Assotsatsiyasi mentor-treneri, “Inson” volontyorlar markazi Jizzax viloyat koordinatori Nilufar Ortiqova o‘tib berdi.
📌 Seminar qatnashchilari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Seminar qizg‘in va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.
