Hashar ozodalik, saranjomlik, ahillik va yaratuvchanlik ramzidir!
17.03.2024, 13:002

Navro'z ayyomiga bag'ishlangan ushbu umumxalq xayriya hasharida mahallalar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalari tozalanib tartibga keltiriladi.
O'tkazilayotgan hasharda Ijtimoiy himoya Milliy agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari hamda "INSON" markazi volontyorlari faol ishtirok etib, boshqarma hududidagi bino atroflari tozalandi, gullar ekildi hamda daraxtlarga shakl berilib taglari yumshatildi.
