Toshkent moliya instituti va O‘zbekiston volontyorlar Assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi

16 yanvar kuni “Volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirishga qaratilgan Harakatlar dasturi to‘g‘risida”gi 2022 yil 24 avgustdagi 01-07/31, 31 q/q, 35 q/q, 8 q/q-son qo‘shma Qarorga muvofiq Toshkent moliya instituti va O‘zbekiston volontyorlar Assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi.
Ushbu tadbirda Toshkent moliya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Karimova Komila Daniyarovna, O‘zbekiston volontyorlar Assosiatsiyasi raisi Abidova Shirin Raximjanovna, O‘zbekiston volontyorlar Assosiatsiyasi kommunikatsiya buyicha menedjer i Xudoyberdiyeva Malika Olimovna, “Solnыshko” Erkin volontyorlik harakati koordinatori Mullajanova Munisa Ahmadjonovna, Toshkent moliya instituti "Volontyorlik markazi" rahbari Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich va Yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, Yoshlar yetakchisi Butayev Javlonbek Inatillo o‘g‘li ishtirok etishdi.
Tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik memorandumga muvofiq, kelgusida “Bitta talaba bitta o‘quvchi” (1+1) loyihasi asosida maktablarda volontyorlik harakatlarini, “Biz birgamiz” shiori ostida imkoniyati cheklangan insonlar uchun ko‘ngilochar tadbirlar, “Dunyo biz bilan yashil” loyihasi asosida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talabalar o‘rtasida ekovolontyorlik tashabbuskor guruhlarini tashkil etish masalalari kelishib olindi.
