O'zbekiston volontyorlar maktablari sarhisobi

Bugun 70 dan ortiq mentorlar, faol volontyorlar hamda volontyorlik tashabbuslari koordinatorlari “Volontyorlar maktablari ichida mentorlik dasturi” loyihasini amalga oshirish, Respublika bo‘ylab volontyorlar maktablari salohiyatini mustahkamlash mavzusidagi Matbuot anjumanida onlayn va oflayn rejimda birlashishdi.
Mutaxassislar, volontyorlar va koordinatorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan faxriy mehmonlar qatorida USAIDning O‘zbekistondagi missiyasining Demokratiya va boshqaruv bo‘limi direktori Fey Xaselxorn xonim, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bosh mutaxassisi, “Qizlar ovozi” volontyorlar tashabbusi koordinatori – Nilufar Matkarimova xonim, Yevrosiyo fondi vakili – Mirsaid Uzoqov, “Probono” volontyor, ekologik yo‘nalishdagi bolalar kitoblari muallifi va volontyorlar mavzusini bolalar qahramonlari prizmasida ochib beruvchi Madina Mo‘minova, shuningdek, O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi direktori Shirin Abidovalar qatnashishdi.
Tantanali nutqda barcha mehmonlar volontyorlarning mamlakatimiz va mahalliy ijtimoiy hayotda ishtirok etishining alohida ahamiyatini ta’kidladilar.
Mentorlarimiz tomonidan alohida sevilgan va qadrlanadigan Fey xonim mentorlarning bugungi kungacha erishgan muvaffaqiyatlaridan alohida xursandchiligini bildirdi hamda barqaror va ijtimoiy foydali loyihalarni amalga oshirish yo‘lida volontyorlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi.
Matbuot anjumanida Respublikamizning barcha hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan volontyorlar maktablari mentorlarining muvaffaqiyatlari bilan tanishtirildi. Volontyorlar maktablari eksperti Jamoliddin Imomnazarov bugungi kunga qadar 14 ta hududda amalga oshirilgan 300 dan ortiq loyihalar, joylarda tashkil etilgan hamkorlik aloqalari, 7 dan ortiq tarkibiy memorandumlar imzolangani haqida gapirdi. Bundan tashqari, matbuot anjumani davomida mamlakatimizda volontyorlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan xalqaro loyihalar taqdim etildi. Ular orasida Sevil Komich taqdim etgan “Plogging” va Sabina Belashova taqdim etgan “Tozalik o‘yinlari” dasturlari bor.
Shuningdek, mehmonlar g‘olib bo‘lgan loyihalarning 6 nafar mentorlari bilan tanishtirilib, ular original loyihalarni amalga oshirish uchun 400 AQSH dollarigacha bo‘lgan xarajatlarni qoplash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
*Loyiha Yevroosiyo jamg‘armasi ko‘magida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
#volontyorlarmentorlari #BizBirgamiz #SICA_YLG #volontyorlarmaktabinn
