Buxoroda Navroʻz: Sumalak Party va Volontyorlar Forumi
21.03.2025, 07:000

📅 22-23 mart – Sumalak Party
Issiq sumalak, samimiy suhbatlar va fidoyi volontyorlar! Birgalikda sumalak tayyorlab, milliy anʼanalarni nishonlaymiz hamda iftorlikda iliq muhitdan bahramand boʻlamiz.
📅 24 mart – Buxoro Volontyorlar Forumi
Volontyorlik bo‘yicha yangi bilim va tajribalar, ilhomlantiruvchi treninglar, foydali tanishuvlar va unutilmas taassurotlar sizni kutmoqda.
Tadbirda barcha ishtirok etishi mumkin. Yuqori kayfiyat va tashabbuskorlik bilan kelish kifoya.
