Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tartibi tasdiqlandi

Avvalroq xabar berganimizdek,
Hukumatning tegishli qarori bilan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va ularni himoya qilish tartibi belgilangan edi.
🖋 Nizomga ko‘ra, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoxud o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalar bevosita o‘zlari yoxud qonuniy vakillari "Inson" markazlari, ichki ishlar organlari va boshqa mas’ul organlarga murojaat qiladi.
☺️ "Inson" markazlari ichki ishlar organlari ishtirokida bolaning hayotiy vaziyatini 1 kun muddatda o‘rganadi.
↗️ Bunda "Inson" markazi bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi omillarni dastlabki baholashdan o‘tkazadi hamda xavf darajasini "past" yoki "yuqori" deb topishi mumkin.
☑️ Xavf darajasi "yuqori" deb baholanganida, ichki ishlar organi quyidagi choralardan birini ko‘radi:
😲 zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish hamda protsessual majburlov choralarini qo‘llash;
😲 bolaga yoxud uning qonuniy vakiliga himoya orderini berish;
😲 bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoxud uni o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan olib qo‘yish va uning xavfsizligini ta’minlash.
😲 Tahdid soluvchi omillar bartaraf etilgach, "Inson" markazi bolaning hayotiy vaziyatini 14 kalendar kun ichida kompleks baholashdan o‘tkazadi.
