🌷 Aziz va qadrli volontyorlarimiz — onajonlarimiz, ustozlarimiz va opa-singillarimiz!
08.03.2026, 13:003

Sizlarni 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Sizlarning mehringiz, g‘amxo‘rligingiz va ochiq qalbingiz tufayli ko‘plab insonlar yordam va umid topmoqda. Sizlar bor joyda iliqlik, yaxshilik va mehr ko‘payadi.
Yaratgan egamiz sizlarning har bir ezgu ishingizni yaxshilik bilan qaytarsin. Qalbingizdagi mehr, kuch va ilhom hech qachon kamaymasin. Sizlarga sog‘lik, xotirjamlik, oilaviy baxt va yana ko‘plab ezgu ishlar tilaymiz.
Sizlar bilan faxrlanamiz va katta qalbingiz uchun chin dildan rahmat aytamiz! 💐
🌷 Bayramingiz muborak bo‘lsin!
