Surxondaryoda volontyorlik faoliyati, huquq va majburiyatlari mavzusida o’quv seminari bo’lib o’tdi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan bugun Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida volontyorlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha ularning vazifa va funksiyalari, volontyorlik faoliyati, huquq va majburiyatlari mavzusida o’quv seminari bo’lib o’tdi.
O'quv-seminarni O'zbekiston Volontyorlar Assotsatsiyasi mentor-treneri, "Inson" volontyorlar markazi Surxondaryo viloyat koordinatori Panjiyeva Zarinabonu o‘tib berdi.
O’quv-seminarda asosan, "inson" volontyori kim, volontyorlikka ilk qadam, volontyorlikning asosiy jihatlari, volontyorlarning maqsadlari va vazifalari haqida tushunchalar berildi.
"Inson" volontyorlari har oyda o’quv-seminarlar o‘tkazilishi kelishib olindi.
