Biz volontyorlar barchaga mehr ulashamiz!
14.12.2022, 11:402

Urganch tumanidagi bir guruh volontyorlar jamoasi yurtimiz obodligiga hissa qo‘shib kelayotgan Obodonlashtirish boshqarmasining ishchi xodimlariga ayni sovuq ob-havoda issiq qahva va shirinliklar ulashishdi.
Bundan ko‘zlangan maqsad, jamiyatimizdagi har bir inson bir-biriga mehrli bo‘lishi, atrofidagi insonlarga faqat va faqat yaxshiliklarni munosib ko’rishi kerakligini eng oddiy ishlar orqali ko‘rsatishdir.
