Inson” volontyorlari: ishonch, dalda va yelkadosh

G‘ijduvon tumani O‘zanon mahallasida yashovchi 17 yoshli Shaxlo Ibragimova — irodali, bilimga chanqoq va o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan qizaloq. U oilaning kenja farzandi. Nogironligi bo‘lishiga qaramay, katta marralarni ko‘zlagan, intiluvchan yoshlar qatoridan joy olgan.
🏃 Shaxlo ingliz tiliga juda qiziqadi. U IELTS imtihonidan 7 ball olgan, milliy sertifikat bo‘yicha esa A darajaga ega. Bu natijalar uning chet tillarini chuqur o‘zlashtirganidan dalolat beradi.
🖋 Bu yil Shaxlo Buxoro davlat universitetining Xorijiy tillar yo‘nalishiga hujjat topshirdi. Kirish imtihonlariga borish va qaytishda unga “Inson” volontyorlari yaqindan yordam berishdi — uni uyidan olib ketishdi, imtihondan so‘ng kuzatib qo‘yishdi, yo‘l-yo‘riq, tavsiyalar berishdi.
👥 Bu kichikdek tuyulgan, ammo muhim qo‘llab-quvvatlov Shaxloga katta kuch va ishonch bag‘ishladi.
😮 Shaxlo kabi bilimli va intiluvchan yoshlar bizga shuni anglatadiki — imkoniyat berilsa, e’tibor qaratilsa, har qanday to‘siqlar yengiladi. Shaxloning harakati, mehnati va atrofidagilarning qo‘llab-quvvatlashi bizga bir haqiqatni yana bir bor eslatadi: yoshlarimizga ishonch bersak, ular kelajakni o‘zlari qurishga qodir.
