🦋Kim ular — Kapalak bolalar?
12.01.2025, 14:213

Bu bolalar ham boshqa tengdoshlari kabi hovlida do‘stlari bilan o‘ynashni, sirpanchiqdan tushishni va velosipedda yurishni orzu qiladilar. Ammo ularning terisi juda nozik — xuddi kapalak qanotiday. Shu sababli, ular oddiy bolalar kabi erkin hayot kechira olmaydilar.
🦋Kapalak bolalar
Shunday deb, bullyoz epidermoliz deb ataluvchi kamyob kasallikdan aziyat chekadigan bolalarni atashadi. Ularning terisi kapalak qanotiday nozik va mo‘rt bo‘lgani uchun, ularga “Kapalak bolalari” degan nom berilgan.
