Volontyorlik faoliyati, huquq va majburiyatlari mavzusida oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi
04.03.2024, 13:002

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Chust tumanida tashkillangan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida tashkil etilgan seminarda Kosonsoy va Chust tumani volontyorlari ishtirok etdi.
Oʻquv-seminarda Oʻzbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi mentor treneri, “Inson” volontyorlar markazi Namangan viloyati koordinatori volontyorlikka ilk qadam, uning asosiy jihatlari, maqsad va vazifalari, ijtimoiy xizmat koʻrsatish, volontyorlarning huquq-majburiyatlari haqida tushunchalar berdi.
