“Besh tashabbus Paralimpiadasi – 2025” tantanali start oldi!

👨🦽 2025-yilda aholining ommaviy sportga qamrovi kengaytirish, xususan nogironligi bo‘lgan shaxslarni adaptiv sport turlariga jalb etish maqsadida "Besh tashabbus Olimpiadasi va Paralimpiadasi – 2025" doirasida 6 ta yo‘nalish bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Xususan:
✅Mahalla yoshlari – 13 sport turi bo‘yicha 5 bosqichda
✅ Nogironligi bo‘lgan yoshlar – adaptiv sport turlari bo‘yicha 3 bosqichda
✅ Maktab o‘quvchilari – 9 sport turi bo‘yicha 3 bosqichda
✅ Kasbiy ta’lim muassasalari – 5 sport turi bo‘yicha 3 bosqichda
✅ Talabalar – 5 sport turi bo‘yicha 4 bosqichda
✅ Idora va tashkilot xodimlari – 5 sport turi bo‘yicha musobaqalar.
🤝 Joriy yilgi musobaqalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni adaptiv sport turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan bo'lib, shaffoflikni ta’minlash maqsadida Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza axborot tizimi bilan integratsiya ishlari amalga oshirildi.
🖋 Barcha ishtirokchilar 5tashabbus.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🎖Batafsil ma'lumot veb-saytda
