Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik: muammo va huquqiy asoslar

👫 Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik – bu ularning sog‘lig‘i, jismoniy va aqliy rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazadigan har qanday harakatdir.
🖋 UNICEF va Statistika agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, oxirgi ikki yilda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 69% tarbiyaviy jarayonda zo‘ravonlikka duch kelgan, ulardan 29% jismoniy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan.
🎖 Global miqyosda: 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan har uch boladan ikkitasi shafqatsiz tarbiya usullaridan aziyat chekadi, har to‘rtinchi bola esa maktabda bulling (kamsitish va zulm o‘tkazish) qurboniga aylanadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi" Qonuni bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning quyidagi 6 ta shaklini belgilaydi hamda ularni sodir etishni taqiqlaydi.
Jismoniy zo‘ravonlik – urish, tan jarohati yetkazish, bolani jismoniy azobga duchor qilish.
Ruhiy zo‘ravonlik – haqoratlash, tahqirlash, tahdid qilish, bolani kamsitish.
Jinsiy zo‘ravonlik – bolalarning jinsiy daxlsizligiga tajovuz qilish, barcha shahvoniy xatti-harakatlar kiradi.
Ekspluatatsiya – bolalarni majburan ishlatish, odam savdosi, mehnatga yoki nikohga majburlash.
G‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik – bolani e’tiborsiz qoldirish, uning asosiy ehtiyojlarini qondirmaslik.
Bulling (ta’qib etish) – bolalarni maktab yoki jamiyatda kamsitish, ruhiy bosim o‘tkazish, ijtimoiy tarmoqlarda tahqirlash.
Zo‘ravonlik qurbonlari yoki unga duch kelish xavfi bo‘lsa, darhol quyidagilarga murojaat qilishlari lozim:
✅ Huquqni muhofaza qilish organlar raqami "102" ga;
✅ Ishonch telefoni "1146"ga;
✅ "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlariga.
