Yordamga tayyorman - Xorazm volontyorlari
04.03.2024, 13:001

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Urganch hamda Yangibozor "Inson" markazi volontyorlari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ularning vazifa va funksiyalari, volontyorlik faoliyati, huquq va majburiyatlari mavzusida amaliy o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
🏃 Mazkur o‘quv-seminar davomida asosan, “Inson” volontyori kim, volontyorlikka ilk qadam, volontyorlikning asosiy jihatlari, volontyorlarning maqsadlari va vazifalari haqida tushunchalar berildi.
☺️ Shuningdek, o‘quv-seminar yakunida “Inson” volontyorlari har oyda o‘quv-seminarlar o‘tkazilishi kelishib olindi.
