Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli "Ayollar daftari", ‘Yoshlar daftari" va "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilind

🖋 Hukumatning ushbu qarori bilan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ijtimoiy yordamlar esa oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarga ham taqdim etilishi mumkin.
Ma’lumot uchun: avvalgi amaliyotda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari orqali yordamlar faqat shu daftarlarga kiritilganlarga berilgan. Ehtiyojmand bo‘lsa-da, daftarda bo‘lmaganlar ko‘pincha yordamdan chetda qolib ketgan. Yangi qaror bilan bu kamchiliklar bartaraf etilib, tizim yanada adolatli va raqamlashtirilgan shaklga o‘tkazildi.
Bunda mablag‘larni taqsimlashda tuman (shahar)dagi nogironligi bo‘lgan shaxslar va kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi hamda tumanlar (shaharlar) bo‘yicha aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi orqali idoralararo elektron hamkorlik vositasida olinadi.
↗️ 2025-yil 15-avgustga qadar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan vaucher asosida yordam ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.
🖥 Bu tizim orqali ijtimoiy yordam tizimi takomillashtirilmoqda – "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan yordamlar yanada aniq va ehtiyojmandlarga yo‘naltiriladi.
