«Mo‘jizalar davri» 24-xayriya yarmarkasi

O‘zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘magida, MDHga a’zo davlatlarning Gumanitar hamkorlik davlatlararo jamg‘armasi bilan hamkorlikda Xalqaro «Biz birgamiz!» volontyorlar festivali doirasida 24-bor o‘tkazilayotgan «Mo‘jizalar davri» xayriya yarmarkasini taqdim etadi.
«Mo‘jizalar davri» xayriya yarmarkasi festivalning markaziy voqealaridan biri bo‘lib, u ijtimoiy tashabbuslar, ijodkorlik va gumanitar qadriyatlarni o‘zida birlashtiradi.
Maydonchada quyidagilar taqdim etilgan:
-
Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar, Mehribonlik uylari bitiruvchilari, OIV bilan yashovchi yoshlar, zo‘ravonlik qurbonlari va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarning 2000 dan ortiq ijodiy ishlari;
-
Qo‘l mehnati buyumlari, kulolchilik namunalari, rasmlar, taqinchoqlar va esdalik sovg‘alari ko‘rgazmasi;
-
Xayriya savdosi, mahorat darslari, art-maydonchalar, konsert dasturi va ijtimoiy loyihalar taqdimoti.
Barcha yig‘ilgan mablag‘lar ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlashga va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga yordam berishga yo‘naltiriladi.
Tadbir Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya va boshqa mamlakatlardan kelgan 60 dan ortiq xorijiy mehmonlarni birlashtiradi. Shuningdek, u davlat tuzilmalari, xalqaro agentliklar, diplomatik missiyalar va biznes vakillari ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Ishtirokchilar fikrlariYusif Mammadov, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi katta maslahatchisi:
«Ozarbayjon Xalqaro volontyorlar markaziga raislik qilish sharafga muyassar bo‘ldi va bu tajriba mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi. Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik — bu shunchaki so‘zlar emas. Volontyorlik tashabbuslari muqobil diplomatiyaga aylanib bormoqda, unda qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik muhitida eng murakkab vazifalar hal etiladi va mustahkam do‘stlik ko‘priklari barpo etiladi.»
Hilola Murodova, O‘zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi boshqaruv a’zosi:
«Men “Mo‘jizalar davri” ko‘rgazmasining eng boshida, uning ilk qadamlarida turgan edim. Bugungi kunda u ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga mansub minglab iqtidorli yoshlarning ishlarini birlashtirmoqda va men loyiha volontyorlar hamda hamkorlar tufayli kengayib borayotganini faxr bilan kuzatmoqdaman. Tashabbus O‘zbekiston chegaralaridan chiqib, xalqaro gumanitar hamkorlikning bir qismiga aylanayotganini ko‘rish men uchun katta sharaf.»
Gumanitar hamkorlik davlatlararo jamg‘armasi (MFGS):
Loyihaning mintaqaviy rivojlanishi«Biz Xalqaro volontyorlar festivalini to‘rtinchi yildirki qo‘llab-quvvatlab, MDH mamlakatlari ekspertlarini jalb qilmoqdamiz. Ayniqsa, “Mo‘jizalar davri” ko‘rgazmasi mintaqa uchun ilhomlantiruvchi modelga aylanib, boshqa mamlakatlarda ham kengayib borayotgani quvonarlidir. Biz odamlarni birlashtiradigan va ezgulik ulashadigan tashabbusning bir qismi ekanligimizdan xursandmiz.»
«Mo‘jizalar davri» ko‘rgazmasi xalqaro gumanitar platformaga aylanmoqda.
O‘tgan yili u Tojikistonda muvaffaqiyatli o‘tkazildi va u yerda o‘zbek volontyorlik modeli asosida amalga oshirildi. Kelgusi yilda esa mahalliy volontyorlar tashkilotlari bilan hamkorlikda Qirg‘izistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaydi va Markaziy Osiyoning eng yaxshi gumanitar tajribalarini ommalashtirishga xizmat qiladi.
