O‘zbekistonda ilk bor nogironligi bo'lgan shaxslar o'rtasida "IMKONIYATLAR OLIMPIADASI" kasbiy mahorat tanlovi bo'lib o'tadi!

"IMKONIYATLAR OLIMPIADASI" sizga nimalar beradi?
✅ O'z sohangizda mahorat ko'rsatish imkoniyati
✅ Yangi do'stlar va hamfikrlar orttirish
✅ Tajriba almashish va o'rganish
✅ Qimmatbaho sovg'alar va e'tirofga sazovor bo'lish
↗️ Yo'nalishlar:
• Rassomchilik
• Kashtachilik
• Kulolchilik
• Fotograflik
• Mobilografiya
• Qandolatchilik
• AKT sohasi
• Tornachilik
• Duradgorlik
• Quruq qurilish ishlari
⚠️ 2025-yil 20-apreldan boshlab siz o'z iste'dodingizni namoyon etishingiz va eng yaxshilar safidan joy olishingiz mumkin.
🖋 Qanday ro'yxatdan o'tish mumkin?
25-martdan 6-aprelga qadar:
1. www.abilympics.uz saytiga tashrif buyuring;
2. Ro'yxatdan o'tish formasini to'ldiring;
3. Qiziqqan kasb yo'nalishini tanlang;
4. Kerakli hujjatlarni yuklang va ishtirokchiga aylaning.
🎖 Tanlov tashkilotchilari:
- Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
- Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
- “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional ta'lim markazi
❗️ Eslatma: Joylar soni cheklangan!
↗️ O'z imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang va "IMKONIYATLAR OLIMPIADASI"da ishtirok eting!
www.abilympics.uz
