Markaziy Osiyoda ilk bor 3D animatsion film premyerasi

19-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Markaziy Osiyoda ilk bor 3D formatda yaratilgan to‘liq metrajli animatsion film — “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Film 5+ yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, fantastik sarguzasht janrida va xalqaro animatsiya standartlari asosida ishlangan. Unda do‘stlik, jasorat, jamoaviylik va insonparvarlik kabi qadriyatlar targ‘ib etiladi.
Tadbirda The Walt Disney Company vitse-prezidenti, 7 karra “Emmy Award” sovrindori Hayma Vashington, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Shavkatovna, film ijodiy jamoasi bilan bir qatorda mahalliy va xalqaro OAV vakillari, soha mutaxassislari hamda madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etdi.
Premyera jarayonlarida volontyorlarimiz ham faol qatnashib, tadbirning yuqori saviyada o‘tishiga munosib hissa qo‘shdi.
